Янгиликлар /

Balage: Pogba «MYu»ga o‘tish arafasida

Мақола нашр қилинди

Taniqli jurnalist Gilem Balage «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogbaga «Real» va «MYu»dan bo‘lgan qiziqish haqida ma’lumot berdi.

— Zidan va Pogba bir necha oydan buyon gaplashib kelishdi, ammo «MYu» futbolchi uchun «Yuventus»ga ko‘proq taklif qildi — 100 million yevro. Yana Pogbaning agentiga (Mino Rayola) 25 million yevro ham to‘lashadi. Futbolchining o‘zi esa yiliga 13-15 million yevro maosh olishi lozim. Bundan tashqari mukofot pullari ham ko‘zda tutilgan.

«Real» esa bu talablarni eshitgani hamono: «Nima, aqldan ozganmisiz? Biz buncha to‘lamaymiz», dedi va darhol savdodan chiqib ketdi. Menimcha Pogba «MYu»ga o‘tish arafasida turibdi.

Pogbaning o‘zi «Old Trafford»ga qaytishni va Yevropa ligasida o‘ynashni istaydimi? Bilmadim, — deydi Balage.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.