Янгиликлар /

Pol Parker: Ronaldu Kerrolldan farq qilmaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Pol Parker yevro-2016 yarim finalida Portugaliya va Uels terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U portugaliyaliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni «Vest Hem»ning angliyalik hujumchisi Endi Kerroll bilan taqqoslagan.

«Portugaliya terma jamoasiga qarang. Siz yetakchisi badqovoq va gerdaygan Ronaldu bo‘lgan jamoani ko‘rasiz. Ronaldu Endi Kerrolldan deyarli farq qilmay qo‘ydi. U endi 3-4 yil oldingi Ronaldu emas. Men portugaliyaliklarning Uels bilan o‘ynida hamisha bosh bilan gol urishga urinadigan va yugurishni istamaydigan Kerroll kabi futbolchini ko‘rdim.

O‘yinning qaysidir vaqtida o‘zimni Angliyaning uchinchi divizioni o‘yinini tomosha qilayotgandek his qildim, portugallarning oldingi chizig‘idagi hujumchi havodagi to‘p uchun kurashish bilan band edi. Ronaldu nima qilayotganiga qarab turish og‘ir edi. Aniqrog‘i u nimadir qilishga urinayotganiga. Masalan, Lionel Messini bu holatda ko‘rmaymiz», — deya Parkerning so‘zlarini keltiradi Mirror.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.