Янгиликлар /

Diego Milito: Mourino o‘ziga dushman yasab oladi

Мақола нашр қилинди

«Inter»ning sobiq hujumchisi Diego Milito «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourinoning o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.

«Mourino ba’zan o‘ziga dushman yasab oladi, u buni bila turib shunday qiladi. Gvardiola — shulardan biri.

Mourino — istalgan jamoa uchun zo‘r yetakchi, eng yuqori saviyadagi murabbiy.

Uning qo‘l ostida hamma 100 foiz kuch bilan o‘ynaydi, Joze kerakli vaqtda kerakli so‘zlarini topa oladi, kerak bo‘lsa, aybdorlarni jazolaydi.

Mourino o‘z jamoasini qanday himoya qilishni biladi. Ammo unga o‘zinikilarni himoya qilish va hujumga o‘tish uchun dushman kerak», — deydi Milito.

Eslatib o‘tamiz, Milito «Inter»da Mourino qo‘l ostida to‘p surgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.