Янгиликлар /

Ferdinand: Pogba qaytsa xursand bo‘lardim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Pol Pogbaning 2012 yilda jamoadan ketgani haqida gapirib berdi.

«Pogbani ko‘rganimda 17 yoki 18 yoshda edi. Uning o‘yinini ko‘rdim va yigitlarga «Yoshlar jamoasida bir futbolchining o‘yinini ko‘rdim. U boshqalarga umuman o‘xshamaydi», dedim. Pol biz bilan shug‘ullana boshlaganidan keyin barcha mening fikrimga qo‘shildi.

Uning jamoadan ketganini eshitgan yigitlar: «Jin ursin, bu jamoda nimalar bo‘lyapti o‘zi», deb so‘kinishgan edi. U yosh bo‘lishiga qaramay o‘z kuchiga ishondi va «Yuventus»ga o‘tdi. Bu futbolchining qanday kuchli xarakterga ega ekanidan dalolat beradi.

Pogbaning APLga qaytishidan xursand bo‘lardim. Premer ligada mana shunday xarakter va xarizmaga ega futbolchilar kerak. Afsus hozir bunday futbolchilar yo‘q. Ha, Zlatan endi Angliyada, lekin ko‘pgami?..»,- deb yozadi Ferdinand «The Times» gazetasidagi kolonkasida.

Pol Pogba 2012 yilda ser Aleks Fergyusonning xohishi bilan «MYu»ni tark etgan va erkin agent sifatida «Yuventus»ga o‘tgan edi. Hozir esa «MYu» 130 million yevro to‘lab Pogbani sotib olmoqchi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.