Янгиликлар /

SAF: Krishtioano Ronaldu eng kuchlisi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson portugaliyalik futbolchi Krishtioano Ronaldu haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

«U futbolning mo‘jizakor bezagi. Har doim olg‘a intilishga harakat qiladi. Kuchli bo‘lishga, g‘alaba qozonishga intiladi. U asosan mana shunday finallarni, katta musobaqalarni yoqtiradi.

Mening qo‘l ostimda «Manchester Yunayted»da Krishtiano o‘z ustida ishlab o‘yinini kuchaytirgan futbochilardan eng kuchlisi edi.

U tinimsiz zarba berish, bosh bilan o‘ynash, gavda bilan harakatlanish ustida juda ko‘p mehnat qilgandi. Uning o‘yini rivojlanib borgani sayin jozibali ko‘rinishga keldi. Yana bir narsani alohida qayd etish kerakki, bugungi futbol juda ham tez.

Odatda top futbolchilar yuqori saviyada 5-6 yil futbol namoyish etadilar va shundan so‘ng tugaydi. Ronaldu 10 yildan buyon yuqori saviyali futbol namoyish etib kelmoqda, aynan shu holat uni boshqalardan ajratib turadi.

Har bir avlodning, davrning shunday futbolchisi bo‘ladi, Krishtiano bugungi davrning ana shunday futbolchisi» mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Bild nashri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.