Янгиликлар /

Pogba «Yunayted»da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Мақола нашр қилинди

«Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylanish arafasida.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, fransiyalik xavbek ayni vaqtda Angliyada va u bugun jamoa uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Futbolchining transferi yakunlangani haqida 8 avgust kuni e’lon qilinishi aytilmoqda.

Bundan oldingi xabarlarda mankunianliklar futbolchi uchun futbol tarixidagi rekord darajada mablag‘ (110 million yevro naqd va 10 million yevro bonus ko‘rinishida) to‘lashi haqida aytilgandi.

«Yuventus»ga Pogba «MYu» bilan shartnomasini uzaytirishi evaziga yana 5 mln yevro berilishi mumkin.

«Manchester Yunayted» Pogbaning agenti bo‘lmish Mino Rayola bilan ham shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, futbolchining maoshi yiliga 20 million yevroni tashkil etadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.