Янгиликлар /

Raneri: 100% tayyor bo‘lishimiz kerak

Мақола нашр қилинди

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi bugun o‘tkaziladigan o‘yindan oldingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men xuddi avvalgidek intensivlik va o‘zimga bo‘lgan ishonch bilan ishlamoqdaman. Kam ham emas, ko‘p ham emas. Futbolchilar nimani o‘ylashayotganini bilmayman, lekin ko‘nglim sezyapti, bu o‘yin biz uchun muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Men mashg‘ulotlar chog‘ida ularning o‘yinini kuzatdim va ko‘rdimki, ularda barchasi joyida. Men ularni o‘yin vaqtida ham shunday holatda ko‘rishni istayman. To‘pga egalik qilishdagi ustunlik bizning ustun jihatimiz emas.

Istaganimizdek o‘ynashimiz uchun  100 foizga tayyor bo‘lishimiz kerak. Lekin biz «MYu»ni 90 daqiqa davomida pressing qilmoqchi ham emasmiz», — deya Ranerining so‘zlarini keltiradi FourFourTwo.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.