Янгиликлар /

Mourino: Angliya yagona mamlakat

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino «Lester»ning Angliya chempioni bo‘lgani haqida fikr bildirar ekan bunday sensatsion chempionliklar sodir bo‘ladigan yagona mamlakat – Angliya ekanini aytdi.

«Bu shunaqa voqealar sodir bo‘lishini hamma xohlaydigan, futbol strukturasi bunga yo‘l qo‘yadigan yagona mamlakat. «Lester» kabi jamoalar chempion bo‘ladigan yagona mamlakat – Angliya.

Boshqa mamlakatlarda katta klublar bunga yo‘l qo‘yishmaydi. Ular teletranslyatsiyalardan keladigan foydani bo‘lishishni xohlashmaydi. Ular doim o‘zlarini qulay his qilishlari va chempionlar ligasida doim ishtirok etishlari kerak, deb o‘ylashadi. Angliyada esa hammasi boshqacha. Bu yerda futbol qadrlanadi.

Yevropada ba’zi futbol kishilari borki, o‘zlarini futboldagi Ona Tereza deb hisoblashadi, lekin bunday emas. Ular shunchaki chempion bo‘lishmaydi, o‘zlariga raqobat tug‘dira oladigan klublarning futbolchilarini ham sotib olishadi. Shu yo‘l bilan raqobatchilari yo‘qoladi.

Ular uchun ichki chempionat asosiy maqsad emas, ular Yevropa chempionlar ligasiniga intilishadi. Angliyada barcha ligani yutishni istaydi. Shuning uchun Premer liga bu Premer liga. U dunyoda tengsiz. Umid qilamanki, bu mavsum ingliz jamoalari uchun omadli keladi. Chempionlar ligasida ham.

Angliyaga kuchli futbolchilar, kuchli murabbiylar keldi. Menimcha, xalqaro maydonda ham hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi»,- deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.