Янгиликлар /

Giggz: Pogba iqtidorli futbolchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz APLning 2-turida «Sauthempton»ga qarshi o‘yinda debyutini nishonlagan Pol Pogba borasida o‘z fikrini bildirdi.

«Pogba juda iqtidorli futbolchi. Unda APL bilan bog‘liq muammolar bo‘ladi deb o‘ylamayman.

U Angliyada o‘ynab, katta bo‘lgan. Pol ikkinchi Brayan Robson, Roy Kin yoki Stiven Jerrard bo‘lishi mumkin. Biz uni tayanch yarim himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi ekanligi haqida bahslashamiz.

Nega u yarim himoyada barcha ishni bajara olmaydi? Bu uning qo‘lidan keladi», — deydi Giggz Sky Sportsga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.