Янгиликлар /

Mourino: Qaror qabul qilingan

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino jamoaning shtatli penaltichisi Zlatan Ibrahimovich ekanligini ma’lum qildi.

«Men penalti tepish uchun uch futbolchini tayinladim – Pogba, Runi va Ibrahimovich. Futbolchilar bu ishni amalga oshirishga ishonchlari yuqori ekanligi menga yoqadi.

Ammo Runi va Pogba bu ishni Zlatanga qoldirishdi va unga: «Penaltini tepadigan birinchi futbolchi sen bo‘lasan. Agar xohlamasang, keyin bu ishni biz bajaramiz deyishgan. Ular o‘rtasidagi suhbat ikki hafta oldin bo‘lgandi.

Shu bois hech qanday tushunmovchilik bo‘lishi mumkin emas. Qaror qabul qilingan», — deydi Mourino Manchester Evening Newsga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.