Янгиликлар /

Ibrohimovich: Mehnat qilishimiz kerak

Мақола нашр қилинди

Zlatan Ibrohimovich Angliya chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yini haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

«APLda ikki o‘yin o‘tkazdik, hali jamoa yangi – murabbiy ham, futbolchilar ham. Hozircha ikki o‘yinda olti ochko jamg‘ardik. Biroq astoydil mehnat qilishimiz kerak, shunda natijalar yanada yaxshi bo‘ladi.

Odamlar men haqimda eshitgan gaplarga ishonaverishadi, mish-mishlarni keltirib chiqarishadi. Ammo men ularga e’tibor bermayman, u qulog‘imdan kirib, bu qulog‘imdan chiqib ketadi.

Men juda ko‘p yulduzlar bilan o‘ynaganman. «Yuventus»ga o‘tganimda yosh edim. Men bilan birga Vieyra, Kannavaro, Tyuram, Buffon, Del Pero, Trezege, Nedved, Kamoranezi, Emerson o‘ynagan. Men ulardan ko‘p narsani o‘rgandim.

Yosh o‘tgan sayin javobgarlik hissi ham ortib boraverar ekan. Hozir ikki nafar farzandim bor. Ular bilan baxtliman» — dedi Ibrohimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.