Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Patrik Viera « Yunayted» klubida to‘p surayotgan vatandoshi Pol Pogba borasida gapirib o‘tdi.
«Men Pogbaning muxlisiman. U shubhasiz ajoyib futbolchi. Ammo, Angliya chempionati Italiya A seriyadan farq qiladi va Polning gardaniga katta mas’uliyat bor. Chunki unga hamisha transfer narxi bosim o‘tkazib turadi.
Agar Pogba bir o‘zi «MYu»ga g‘alabalarni olib beraman deb o‘ylasa hato qiladi. Agar qo‘lidan kelmaydigan ishlarni boshlasa — yana xato bo‘ladi.
Undan bir mavsumda 40ta gol kutish kerak emas. Pol jamoani jismoniy holati va texnikasi bilan kuchaytira oladi.
Eng muhimi u kimgadir o‘xshashni istamasdan o‘z uslubini saqlab qolishi kerak», — deydi Mirror nashri Viera so‘zlarini keltirib.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.