Янгиликлар /

Blekett «Reding» safiga qo‘shildi

Мақола нашр қилинди

Yosh himoyachi Tayler Blekett «Manchester Yunayted» jamoasini tark etib «Reding» safiga qo‘shildi. Futbolchi Chempionshipda ishtirok etadigan jamoa bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Xozirda «Reding» bosh murabbiyi «qizil iblislar» ning sobiq futbolchisi  Yap Stam hisoblanadi.

Blekett «Manchester Yunayted» akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi va u Lui van Gal qo‘l ostida asosiy jamoa tarkibida 12 uchrashuvda mayjonga tushishga erishgan.

Jismoniy jihatdan kuchli bo‘lgan futbolchi markaziy himoya va qanot himoyachi pozitsiyasida xarakat qila oladi. Futbolchi o‘tgan mavsumda ijara asosida «Seltik» jamoasida to‘p surib 8 uchrashuvda maydonga tushgan.

 «Manchester Yunayted» rasmiy sayti Taylerning kelgusi faoliyatida omad tilab qolishini yozib o‘tgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.