Янгиликлар /

«Yunayted» Shvaynshtaygerni bepul qo‘yib yuboradi!?

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» Bastian Shvaynshtaygerni boshqa klubga bepul qo‘yib yuborishga tayyor, deb xabar beradi The Guardian.

Futbolchi bosh murabbiy Joze Mourinoning rejalariga kirmay, yoshlar jamoasiga o‘tkazib yuborilgan edi. «Shvayni» haftasiga 140 ming funt maosh olishi tufayli, «MYu» uni boshqa klubga bepul qo‘yib yuborib, ancha-muncha mablag‘ni tejab qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Shvaynshtayger avvalroq Yevropada boshqa klub tarkibida o‘ynamasligini e’lon qilgan edi. Xitoy va MLSda transfer oynasi yopilganini inobatga oladigan bo‘lsak, u Qatar yoki BAA klublariga o‘tishi mumkin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.