Янгиликлар /

Yevropa Ligasi «Yunayted» raqiblari ma'lum

Мақола нашр қилинди

Bugun Monakoda Yevropa Ligasi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Marosimda «Bavariya» va «Barselona»ning sobiq futbolchisi Patrik Andersson hamda «Valensiya» va «Sevilya» jamoalarining sobiq darvozaboni Andres Palop ishtirok etdi. 

Turnir favoritlaridan biri bo‘lmish «Manchester Yunayted» jamoasi A guruhida Turkiyaning «Fenerbahchi», Niderlandiyaning «Feyenoord» va Ukrainaning «Zarya» jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Guruh bahslari 15 va 29 sentyabr, 20 oktyabr, 3 va 24 noyabr, shuningdek 8 dekabr kunlariga belgilangan.

Guruh bosqichiga chiqqan 48ta jamoa 12ta guruhni tashkil etgan:

A guruhi: «Manchester Yunayted» (Angliya), «Fenerbahchi» (Turkiya), «Feyenoord» (Niderlandiya), «Zarya» (Ukraina);

B guruhi: «Olimpiakos» (Gresiya), APOEL (Kipr), «Yang Boyz» (Shveysariya), «Astana» (Qozog‘iston);

C guruhi: «Anderlext» (Belgiya), «Sent-Eten» (Fransiya), «Mayns» (Germaniya), «Gabala» (Ozarbayjon);

D guruhi: «Zenit» (Rossiya), AZ (Niderlandiya), «Makkabi» (Tel-Aviv, Isroil), «Dandolk» (Irlandiya);

E guruhi: «Viktoriya Plzen» (Chexiya), «Roma» (Italiya), «Austriya» (Avstriya), «Astra» (Ruminiya);

F guruhi: «Atletik» (Ispaniya), «Genk» (Belgiya), «Rapid» (Avstriya), «Sassuolo» (Italiya);

G guruhi: «Ayaks» (Niderlandiya), «Standard» (Belgiya), «Selta» (Ispaniya), «Panatinaikos» (Gresiya);

H guruhi: «Shaxtyor» (Ukraina), «Braga» (Portugaliya), «Gent» (Belgiya), «Konyaspor» (Turkiya);

I guruhi: «Shalke» (Germaniya), «Zalsburg» (Avstriya), «Krasnodar» (Rossiya), «Nissa» (Fransiya)

J guruhi: «Fiorentina» (Italiya), PAOK (Gresiya), «Slovan» (Chexiya), «Karabax» (Ozarbayjon);

K guruhi: «Inter» (Italiya), «Sparta» (Chexiya), «Sauthempton» (Angliya), «Hapoel» (Beer-Sheva, Isroil),

L guruhi: «Vilyarreal» (Ispaniya), «Styaua» (Ruminiya), «Syurix» (Shveysariya), «Usmonlispor» (Turkiya);

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.