Янгиликлар /

Mourino: Hech narsa bilmayman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa ligasiga tashlangan qur’a natijalari haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra mankunianliklar «Fenerbaxche», «Feyenord» va «Zarya»ga qarshi to‘p surishi lozim.

Chempionlar ligasida bizning guruhga o‘xshagani bor. Bu yaxshi. Yevropa ligasida qiyin guruhga tushishimizni kutgan edik va bu yaxshi holat. Agarda jamoamizda istak va ishtiyoq bo‘lmasa, muxlislar «Old Trafford»ga kelmaydilar. Bu esa ishtiyoqni oshirishga yordam beradi.

Bizning guruhimiz Chempionlar ligasi kabi olifta bo‘lmagan musobaqaga juda mos keladi. «Manchester Yunayted» kabi klub «Fenerbaxche» va «Feyenord» bilan o‘ynashi — yaxshi holat. Ukraina jamoasining saviyasi haqida esa hech narsa bilmayman, — deydi portugaliyalik murabbiy.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.