Янгиликлар /

«Yunayted» uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» Angliya Premer-ligasining dastlabki 3ta turida ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu galgi g‘alaba katta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritdi.

Mourino shogirdlari 2ta o‘yinda 2ta g‘alaba bilan peshqadamlar safida borayotgan «Xall Siti» mehmoni bo‘lishdi. Faqat ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalardagina mankunianliklar g‘alabani ilib ketishdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar ishonchli himoyalanib, nomdor raqibga hujum qilish uchun deyarli imkoniyat bermadi. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmidan boshlab manchesterliklarning bosimi oshib bordi. Ammo yaratilayotgan vaziyatlar ha deganda golga aylanavermadi. Qo‘shib berilgan 4 daqiqaning ikkinchisi o‘tib borayotganida Runi chap qanotdan bir himoyachidan ajoyib tarzda o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Reshford 2-3 metrdan to‘pni darvozaga burib qo‘ydi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» 3ta o‘yinda uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa «Chelsi» bilan birgalikda jadvalni boshqarib turibdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.