«Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi Angliya terma jamoasining sardori sifatidagi faoliyatini davom ettiradi deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Terma jamoaga Sem Ellardays bosh murabbiy bo‘lib tayinlangandan so‘ng sardorlik bog‘ichi Runidan boshqa futbolchiga berilishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqatilgan edi.
Sem Ellardays matbuot anjumanida Runi terma jamoaning sardorlik vazifasini davom ettirishini aytib o‘tdi.
«Ueyn terma jamoa uchun ajoyib sardor, u o‘zining vazifalarini yaxshi bajara oladi. Men undan terma jamoa sardori vazifasida qolishini so‘radim. U jamoaning eng qariya futbolchilaridan, jamoadoshlari uni juda xurmat qilishadi. Shunday ekan Runi terma jamoa sardori bo‘lishi bu to‘g‘ri».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.