Янгиликлар /

Mourino: Katta yigitga katta ta’til kerak.

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino hujumchi Zlatan Ibrahimovichga bir necha kun qo‘shimcha ta’til berishini ma’lum qildi.

«34 yoshli futbolchi dam olmasa bo‘lmaydi, mavsum davomida 70 ta o‘yinni o‘tkazishga qiynalib qoladi. Terma jamoalarga chaqirilmagan yigitlarga 2 kun ta’til berdim. Zlatanga qancha kerak bo‘lsa, shuncha berishga qaror qildim.

U to‘rt o‘yinda 360 daqiqa o‘ynadi, bir daqiqa bo‘lsa ham dam olmadi. Katta yigitga katta ta’til kerak. Unga to‘rt kun hordiq chiqarishiga imkon beraman» — dedi Mourino The Telegraphga bergan intervyusida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.