Янгиликлар /

Varan: Mourinoga yo‘q deyish oson ish emas

Мақола нашр қилинди

Madridning «Real» klubi himoyachisi Rafael Varan «Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourinoning taklifini rad etish qiyin bo‘lganini tan oldi.

Xabarlarga qaraganda, 23 yoshli fransuz hali ham «qizil iblislar»ning mo‘ljali ostida turibdi. «MYu» yozda futbolchiga taklif bilan chiqgan, ammo Varan sobiq murabbiyiga rad javobini bergan edi.

«Albatta, «Manchester Yunayted»dek klubdan taklif olish, odamga g‘urur bag‘ishlaydi. Biroq, men «Real» bilan kelajagimni qurar ekanman, boshqa klubga o‘tishni hayolimga ham keltirmayapman.

Men Madridda o‘zimni yaxshi his qilyapman va buni ko‘p takrorlaganman. Joze Mourinoga «yo‘q»  deyish oson ish emas, ammo men qarorimni o‘zgartirmayman», – deya Varan so‘zlarini keltirmoqda ESPN nashri.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.