Янгиликлар /

Ibrahimovich: Mourino daho

Мақола нашр қилинди

Zlatan Ibrahimovich nima uchun aynan «MYu» klubini tanlaganini ma’lum qildi.

«Men Angliya Premer-ligasiga ikki marta o‘tishim mumkin edi. Birinchi safar «Arsenal»ga, keyingisida «Manchester Siti»ga. Ammo bu narsa ro‘y bermadi, chunki bunda ehtiyoj sezmagandim.

Mourino daho va aqlli bo‘lganligi uchun «Manchester Yunayted»ga o‘tishga qaror qildim. «Inter»da to‘p surgan paytlarim undan ko‘p narsa o‘rganganman. Jozening qo‘li ostida yana bir bor to‘p surish imkoniyatini yo‘qqa chiqara olmasdim», – dedi 34 yoshli shvesiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibragimovich «MYu» safiga erkin agent sifatida qo‘shilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.