Armaniston terma jamoasi va «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan yaqin 7-10 kun davomida maydonga tusha olmaydi.
Mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi Chexiya bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvda jarohat olgan. 27 yoshli yarim himoyachi endilikda Daniya bilan bo‘ladigan JCh-2018 saralash uchrashuvida ham maydonga tusha olmaydi.
Bundan tashqari, Mxitaryan 10 sentyabr kuni «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladigan derbini ham o‘tkazib yuboradi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.