Янгиликлар /

Bekxem: Jiddiy gapiryapsizmi?

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxem «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi terma jamoadagi faoliyatini davom ettirishi lozimligini aytib o‘tdi.

— Bugun Runi Angliya terma jamoasi tarkibida eng ko‘p to‘p surgan maydondagi futbolchi bo‘ladi. Men esa odamlar Ueyn termadan ketishi lozimligi haqida gapirayotganlarini eshitmoqdaman. Shunda u klubdagi faoliyatini uzaytirishi mumkin ekan.

Ueyn termadan ketishi kerakmi? Jiddiy gapiryapsizmi? Futbolchi faqat o‘zi tayyor bo‘lganidan so‘ng ketishi kerak. Terma jamoada to‘p surish — eng yuqori saviya va unga faqat professional futbolchi erisha oladi. «Uembli»da terma jamoa libosida maydonga tushish eng yoqimli hissiyotlarni beradi, — deydi Bekxem.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.