«MYu» himoyachisi Lyuk Shou jamoa hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning yetakchilik hislatiga alohida baho berdi.
— Ibrahimovich juda yaxshi futbolchi. U jamoaning bir bo‘lagiga aylana oldi. Jamoada shunday futbolchi borligi yaxshi. Undan katta tajriba olish mumkin.
Tushlik vaqtida u har doim hazil qiladi va turli kulguli voqealarni gapirib beradi. U o‘zi va jamoaga juda talabchan. Zlatan har doim bor kuchi bilan o‘ynaydi va jamoadoshlaridan ham shunday o‘yin kutadi.
U hech narsani nazardan chetda qoldirmaydi va maydonda biror jamoadoshi bo‘shashib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, — deydi Shou.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.