Янгиликлар /

Madzarri: Ibrohimovich mukammal futbolchi

Мақола нашр қилинди

«Uotford» bosh murabbiyi Valter Madzarri «Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich haqida o‘z fikrini bayon qildi.

«Ibrohimovich o‘lmas, abadiy futbolchilar qatoriga kiradi. Jamoalarim unga qarshi juda ko‘p marta o‘ynab, mag‘lub bo‘lgan. U maydonda hal qiluvchi rolni bajara oladi.

Ibrohimovich – har tomonlama mukammal futbolchi. Unga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bunday futbolchilarni imkoniyatini biroz cheklash mumkin, ammo butunlay o‘yindan chiqarishning iloji yo‘q» — dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, APLning navbatdagi turida «Uotford» «MYu» klubi bilan o‘ynaydi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.