Янгиликлар /

Skoulz: «Yunayted» juda achinarli ahvolda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz «Uotford»dan uchralgan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

— Menimcha Fellayni yaxshi o‘ynadi, u o‘z ishini bajardi. Ammo «Manchester Yunayted»da o‘ynash uchun bundan ham ko‘prog‘ini bajarish lozim.

«Manchester Yunayted» yarim himoyasida raqibni to‘xtatib qolish bilan birga o‘yinni boshqara oladigan va oldinga yaxshi pas bera oladigan tayanch yarim himoyachisi kerak. Men nima uchun Maykl Kerrik asosiy tarkibda yo‘qligini tushuna olmayman. U xuddi o‘tgan mavsum oxirida jamoadan ketgandek. Shuningdek Mourino nima sababdan Shvaynshtaygerdan foydalanmayotganiga ham tushunmayman.

Men shunchaki maydon markazida pleymeyker kerakligini bilaman, holos. To‘pga egalik qilish juda yomon holatda. Ayniqsa «Manchester Yunayted» to‘pni olganda juda ayanchli ko‘rinmoqda. Bunga ham vaqt kerak, hozir jamoa o‘zini o‘zi qidirmoqda.

Reshford — yagona nur bo‘lib turibdi. Ammo u ham eng yaxshi o‘yinini namoyish eta olmadi. U hujum qildi, ammo «Manchester Yunayted»  juda achinarli ahvolda ko‘rindi, deydi Skoulz.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.