Янгиликлар /

Mata: Vaqt yo‘qotishning mavridi emas

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata mag‘lubiyatlardan qayg‘urib vaqt yo‘qotishning mavridi emasligini aytib o‘tdi.

— Men har doim aytib kelganman, futbolning eng yaxshi tomonlaridan biri — qay darajada kuchli ekaningni o‘yinning o‘zi ko‘rsatib beradi. G‘alabalar uzoq vaqt davom etmaydi, mag‘lubiyatlar ham shunday.

O‘yinlar ketma ket davom etadi va shu haftaning o‘zida yana ikkita o‘yinda maydonga tushamiz. Bizda qora sahifadan o‘tib ketish uchun yaxshi imkoniyat bor. Qayg‘urib, vaqt yo‘qotishning mavridi emas, yig‘lab o‘tira olmaymiz. Biz mag‘lubiyatdan xulosa chiqarib, kelgusi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz lozim, — deydi Mata.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.