Янгиликлар /

Mourino: Jamoa o‘yinidan qoniqish hosil qildim

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino Angliya Liga Kubogining 3-bosqichida «Northempton»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«G‘alabaga haqli o‘yin namoyish qildik. O‘yin men istagandek o‘tdi. «Manchester Yunayted» dastlabki 35 va so‘nggi 25 daqiqa  to‘pni yaxshi nazorat qildi. O‘yindagi o‘zgarishlar natijaga ta’sir qildi. O‘yin yanada oson kechishi mumkin edi, biroq raqib o‘z kuchi va xarakterini ko‘rsata oldi.

Bu g‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritildi deya olmayman. Ammo jamoa ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqish hosil qildim», — deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» 3-bosqich uchrashuvida «Northempton»ni 3:1 hisobida mag‘lub qildi. Endilikda «mankunianliklar» 4-bosqichda «Manchester Siti»ga qarshi bahs olib boradi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.