Янгиликлар /

Smolling: «Lester» – qiyin raqib

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smolling APLning 6-turida «Lester»ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Oxirgi uchta mag‘lubiyatdan keyin «Manchester Yunayted»ni rosa tanqid qilishdi. Matbuotning asosiy mavzusiga aylandik. «Northempton»ni kubokda yutganimiz ham bu tanqidlarni ortga chekinishiga sabab bo‘la olmadi.

«Lester» bilan o‘yin esa barchasini o‘zgartirishi mumkin. «Lester» – qiyin raqib. Buni bilamiz, biroq bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Bosim bo‘lishiga qaramay, o‘yinda muvaffaqiyat qozonish uchun maydonga chiqamiz», — deydi Smolling.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.