Янгиликлар /

APLning 8 murabbiyi korrupsiyada ayblanmoqda

Мақола нашр қилинди

The Telegraph nashrining Angliya futbolida olib borgan tekshiruvlari Sem Ellardaysdan boshqa murabbiylarni ham qamrab olgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya premer-ligasida ishlagan va ishlayotgan 8 nafar murabbiy futbolchilarning transferida qalloblik qilganlikda ayblanmoqda.

Nashr jurnalistlari bir qator futbol agentlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishgan va suhbatlarni maxfiy tarzda yozib olishgan. Muxbirlar Yaqin Sharqdagi kompaniya xodimlari qiyofasiga kirib, futbolchilarga investitsiya kiritish maqsadida ekanliklarini aytishgan. Agentlar ularga u yoki bu futbolchining transferini amalga oshirishda qaysi murabbiyga pora bergani haqida maqtanib gapirishgan.

Xususan, Manchesterda 2005 yili kelishilgan uchrashuvlar mojarosiga aralashgani uchun 5 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan agent Pino Palyara bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Palyara bir mashhur murabbiy transfer bo‘yicha muzokara vaqtida «o‘zini bir chashka qahva bilan siylashi» mumkinligi haqida gapirib, ulush olmoqchiligiga ishora qilgan.

U yana boshqa bir mashhur murabbiyning o‘z haqini ofshor hisobga o‘tkazib berishni so‘ragani haqida aytib bergan.

Palyara va yana 2 agent jami bo‘lib 8 nafar sobiq va hozirda ham APLda murabbiylik qilayotgan murabbiylarning nomlarini keltirishgan. Ular chempionshipdan ham pora olishni kanda qilmaydigan 2 murabbiy nomini aytishgan.

Agentlardan birining aytishicha, «Angliyada barcha ish stol ostida ro‘y beradi» va korrupsiya chuqur ildiz otgan.

«Men hamisha kamida bir narsani e’tiborda tutaman — futbol menejerlarining ishtahasini», – degan Palyara.

Gazeta rahbariyati barcha ma’lumotlarni Angliya futbol assotsiatsiyasi va politsiya mahkamasiga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, aynan korrupsiya bilan bog‘liq mojaro tufayli Angliya terma jamoasining bosh murabbiyi Sem Ellardays 27 sentabr kuni o‘z lavozimini tark etdi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.