Янгиликлар /

Runi yana asosiy tarkibda

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashri xabar berishicha Joze Mourinyu jamoa hujumchisi Ueyn Runini «Zarya» jamoasiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirmoqchi. Lekin yakshanba kuni «Stok Siti» ga qarshi kechadigan uchrashuvda esa «Yunayted» sardori yana zahira o‘rindig‘idan joy olishi mumkin.

Futbolchining jismoniy tayyorgarligi xozirda ko‘pchilikning tanqidiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoaning «Lester» ga qarshi kechgan bahsida futbolchini zahira o‘rindig‘ida qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda futbolchi faqatgina bir bora raqib darvozasini ishg‘ol qilgan holos.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.