Янгиликлар /

Vidich: Bayini yuqori faoliyat kutib turibdi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» sobiq sardori Nemanya Vidich jamoaning yangi o‘yinchisi Erik Bayini unga qiyoslari borasidagi fikrlarga izoh berib o‘tdi.

«Bunday o‘yinchini menga qiyoslashlari yoqimli eshitiladi. Uning o‘yinlarini ko‘rdim, xaqiqatdan yaxshi futbolchi. Agar unada hammasi doim shunday kechar ekan, uni «Yunayted»da yuqori faoliyat kutib turibdi. Insonlar Erikning o‘yinini menga qiyoslashlari men uchun yoqimli, ishonamanki u jamoa uchun hal ko‘p narsa qila oladi».

«U jismonan kuchli va to‘p bilan sovuqqon tarzda xarakatlarni amalga oshiradi, bu unga o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshirishda yordam beradi. Unda hamma hislatlardan bor. Uning ilk o‘yinini ko‘riboq, kelajakda undan juda zo‘r futbolchi chiqishiga ishongan edim».

 «Erik hammasini to‘g‘ri amalga oshirib, konsentratsiyani yo‘qotmay va shunday o‘ynashda davom etsa, jamoaning yutuqlariga ko‘p yillar mobaynida xissa qo‘sha oladi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.