«Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smolling APLning 6-turi doirasida «Lester»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda zaxirada qoldirilgan Ueyn Runini qo‘llab-quvvatladi. Runi zaxiradan maydonga tushib, 7 daqiqa harakat qildi.
«O‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazganimizda, u har doimgidek shug‘ullandi. Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u asosiy tarkibga kiradimi yoki zaxirada qoladimi, u hamisha bir xil bo‘lib qoladi.
U Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi asosiy o‘yinchisi hisoblanadi. U juda tajribali va yuqori saviyali futbolchi. O‘ylaymanki, u tez orada asosiy tarkibga qaytadi», — deydi Smolling.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.