Янгиликлар /

Mata: Bunday o‘yin biz uchun zarur edi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata «Lester» jamoasi ustidan g‘ozonilgan 4-1 hisobidagi g‘alab borasida o‘z fikrlrai bilan o‘rtoqlashdi.

«Men o‘ylashimcha, bunday o‘yin biz uchun zarur edi. So‘ngi haftalarda jamoa haqida turli gap so‘zlar bo‘layotgan edi, lekin biz to‘rtta gol urib nimaga qodir ekanligimizni  ko‘rsatib qo‘ydik. Birinchi va ikkinchi goldan so‘ng o‘zimizga bo‘lgan ishonchni xis qildik, bu esa muhlislarga maqqul keldi».

Mata shuningdek o‘zining urgan goli borasida ham fikr bildirdi.

«Bu juda chiroyli gol bo‘ldi, lekin eng muhimi, bu gol o‘yining muhim vaqtida kiritildi. «Lester» darvozasiga urilgan birinchi gol o‘yinni yanada kuchaytirdi, ikkinchi gol esa bizga katta yordam berdi, uchinchisi esa o‘yindagi intrigani so‘ngdirdi ».

«Qizil iblislar» raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan 4 ta golning uchtasini burchak to‘pini amalga oshirgandan so‘ng kiritishdi. Bu xaqida Mata bu tasodif emasligini aytib o‘tdi.

«Biz doim burchak to‘plari borasida ishlaymiz. Jamoa jarima to‘plridan foydalanish borasida ham hamisha ish olib boradi. Hamma yaxshi biladi hozirda bizda ikkinchi qavatda yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan futbolchilar yetarli».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.