Янгиликлар /

«Lester» Drinkuoter bilan xayrlashishga tayyor!?

Мақола нашр қилинди

«Lester» o‘z yarim himoyachisi Denni Drinkuoter bilan xayrlashishga tayyor, deya xabar bermoqda Sunday People.

Futbolchiga eng asosiy da’vogar «Manchester Yunayted» bo‘lib turibdi. «Qizil iblislar» Pol Pogbani qora ishdan qutqarish maqsadida, tayanch yarim himoyachisiga ehtiyoj sezmoqda.

Drinkuoterning o‘rniga Angliyaning amaldagi chempionlari Morgan Shnayderlinni olmoqchi — «MYu»ning amaldagi bosh murabbiyi Joze Mourinyu uni tarkibga kiritmayapti.

Drinkuoter joriy mavsumda olti uchrashuvda maydonga tushib, bitta samarali to‘p uzatishni amalga oshirdi. Shnayderlin esa faqat avgust oyida «Bornmut»ga qarshi o‘yinda 5 daqiqa o‘ynadi, xolos.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.