Янгиликлар /

Pol Merson: «Yunayted» kuchli to‘rtlikka kirolmaydi!?

Мақола нашр қилинди

TV eksperti Pol Merson «Manchester Yunayted» klubining muammolari haqida gapirdi.

«Bunday o‘yin bilan «MYu» kuchli to‘rtlikka kirolmaydi. Mourino futbolchilarni tanqid qilishni boshladimi, demak ular yaxshi o‘yin namoyish etolmayapti.

Chempionlar ligasiga qaytish uchun balki Yevropa ligasida g‘olib chiqishga urinib ko‘rilar, bilmadim. Ammo ayni paytda «MYu» bu musobaqaga jiddiy qaramoqda.

«Yunayted»da muammolar bor, Ibrohimovich va Pogba boshqalarga e’tibor bermay, o‘zini o‘ylamoqda. Mxitaryan deyarli maydonga tushmayapti. Runi esa avvalgi saviyasida emas» — dedi Merson.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.