Янгиликлар /

«Futbol afsonalari» tadbiri o‘tkazildi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining bir qator sobiq futbolchilari Premer Liganing 25 yilligiga bag‘ishlab London shahrida o‘tkazilgan «Futbol afsonalari» tadbirida ishtirok etishdi.

Bu tadbirda «qizil iblislar» ning 7 nafar sobiq futbolchisi Stiv Bryus, Niki Batt, Dion Dablin, Rayan Giggz, Maykl Ouen, Gari Nevill va Robin van Persi tashrif buyurishdi.

Robin van Persining 2013 yil «Aston Villa» jamoasiga urgan goli Premer Liganing «Klub 100» a’zolari orasida eng yaxshi gol nomiga sazovar bo‘ldi. «Klub 100» a’zolari APL da 100 dan ortiq gol urgan futbolchilardan tashkil topgan. 

«Klub 100» dan «qizil iblislar» ning 8 nafar a’zosi o‘rin olgan  Giggz (109), Dablin (111), Ouen (150), van Persi (144), Pol Skoulz (107), Teddi Sheringem (146), Endi Koul (187) va Ueyn Runi (194).

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.