Янгиликлар /

Reshford oyning eng yaxshi futbolchisi

Мақола нашр қилинди

Markus Reshford «Manchester Yunayted» ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘ldi, bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Reshford sentyabr oyida jamoaning 6 uchrashuvida maydonga tushib 3 ta gol urishga erishgan. Jamoaning tvitterdagi rasmiy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra u muhlislarning 45% o‘z ovozlarini Markusga berishgan. Ikiinchi o‘rinda Ander Errera (29%), uchunchi o‘rinda esa Zlatan Ibragimovich (26%).

Ushbu mavsumda Reshford jamoasining 9 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Markus jamoasining so‘ngi 3 o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Reshford ushbu mukofotga ikkinchi bor sazovar bo‘ldi, dastlab fevarl oyi yakuniga ko‘ra muhlislar uni oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olishgan edi.  

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.