«Astana» jamoasi yarim himoyachisi Nemanya Maksimovich «Manchester Yunayted» safiga kelib qo‘shilishi mumkin deya xabar bermoqda But Football Club nashri.
Nashrining xabariga ko‘ra «MYu» 21 yoo‘li futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan, futbolchining «Astana» jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2017 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Maksimovich Serbiya (U-19) yoshlar terma jamoasida Yevropa chempioni 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoa bilan esa jahon chempioni bo‘lgan.
Serbiya terma jamoasida esa uch o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchiga shuningdek Rimning «Roma» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt.de nashri futbolchini 2 million yevro deya baholamoqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.