Янгиликлар /

Runi: Muhimi jamoa g‘alaba qozonishi

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasi uchrashuvi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan Ueyn Runi jamoadagi holati yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

«Hammasi ko‘rinib turibdi, hozirda «Manchester Yunayted» asosiy tarkibida maydonga tushamayapman, lekin men jiddiy ravishda ishlab, tarkibga qaytish uchun barcha ishni qilishga tayyorman. Ishonamanki o‘zimga beriladigan imkoniyatni qo‘ldan chiqarmay foydalanaman».

««Manchester Yunayted» dagi jamoadoshlarim va murabbiylarning qo‘llab quvatlashlarini doim xis qilib turaman. Albatta, o‘ynashni istayman, lekin eng muhimi bizning jamoa g‘alaba qozonishi».

Ueyn shuningdek terma jamoadagi o‘rni borasida ham aytib o‘tdi.

«Men bilmayman, qaysi o‘rinda harakatlanishni, buni Garetdan so‘ragan maqqul. Men qaysi pozitsiyada o‘ynashim hujumdami, yarim himoya chizig‘idami yoki «o‘nlikda» -buni murabbiy hal etadi. Bu savolga ko‘p bora javob berganman, yana bir bor takrorlayman: murabbiy meni qayerda o‘ynatishni istasa, men o‘sha yerda o‘ynashga tayyorman».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.