Янгиликлар /

Mata: Bu o‘yindan juda jahlim chiqdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata Angliya chempionati 7-turida «Stok Siti»ga qarshi kechgan o‘yindagi 1:1 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi.

«Bu o‘yindan juda jahlim chiqdi, chunki jamoamiz yaxshi o‘ynasada g‘alaba qozona olmadi. Afsuski bu haqiqat. Biz yaxshi o‘ynadik, vaziyatlar yaratdik, ammo ishni oxiriga qadar olib bora olmadik».

«Biz g‘alaba uchun maydonga tushgandik va «Stok Siti»dan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadik. Raqib darvozaboni Grantga qoyil qolish kerak, u darvozasini juda yaxshi qo‘riqladi», — deydi Mata.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.