Янгиликлар /

Zlatan Ibragimovich - 35 yoshda

Мақола нашр қилинди

Bugun «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovich 35 yoshni qarshi oldi.

Futbolchi professional faoliyatini  1999 yilda «Malme» jamoasida boshlagan. Shunday so‘ng Ibragimovich «Ayaks» (2001-2004), «Yuventus» (2004-2006), «Inter» (2006-2009), «Barselona» (2009-2010), «Milan» (2010-2012), «Pari Sen-Jermen» (2012-2016) jamoalarida to‘p surdi. Ushbu yili yozda esa futbolchi «Manchester Yunayted» jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Ibragimovich Gollandiya (2002, 2004), Italiya (2007, 2008, 2009, 2011), Ispaniya (2010) va Fransiya (2013, 2014, 2015, 2016) chempioni hisoblanadi.

«Barselona» tarkibida Yevropa Superkubogi g‘olibi (2009) va Kulublar o‘rtasidagi jahon chempioni (2009).

Shvetsiya terma jamoasi tarkibida Ibragimovich 116 uchrashuvda ishtirok etib 62 gol urishga erishgan.

Ushbu mavsumda futbolchi «Manchester Yunayted» tarkibida 11 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib 6 gol urdi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.