Joze Mourino Angliya chempionatining 7-turida «Stok Siti»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu bizning mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi. Birinchi bo‘limning tanaffusigacha 3 yoki 4 gol urib olishimiz kerak edi, shunda o‘yin 6:0 hisobida yakunlangan bo‘lardi. Lekin o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi, bu futbol.
Bugun biz «Lester»ga qarshi o‘yindagidan ham yaxshiroq edi. Zo‘r o‘yin. Bizda 6, 7, 8 marta gol urish uchun yuz foizlik imkoniyatlar bo‘ldi. Bu jamoa ko‘proq gol urishni xohlaydi.
Birinchi daqiqalardanoq raqib darvozaboni zo‘r seyvlar amalga oshirila boshladi. Sizning fikringiz qanaqaligining farqi yo‘q, bu mening fikrim.
Yaxshi o‘ynab ham yomon natija ko‘rsatdik. «Stok Siti» futbolchilari har o‘yindagi kabi qattiq kurashishdi. Ular durang uchun kelishgandi. Ularning omadi keldi. Axir omad – futbolning bir qismi», – deydi Mourino BBC nashriga.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.