Янгиликлар /

«Yunayted» rahbariyati AFA ga xat jo‘natdi

Мақола нашр қилинди

Armaniston  futbol assotsiatsiyasi xabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati Genrix Mxitaryanni Ruminiya va Polsha terma jamoalariga qarshi uchrashuvga chaqirmaslikni iltimos qilgan.

Federatsiya «Manchester Yunayted» jamoasining tibiyot departamenti rahbari doktor Stiv MakNellidan rasmiy xat olgan. Xatning qisqacha mazmuni quymidagicha.

«Genrix hozirda oyog‘idan olgan jarohatdan so‘ngi tiklanish davrini boshidan o‘tkazmoqda, u bu jarohatni «Manchester Yunayted» dagi ishtiroki vaqtida olgan edi. So‘ngi kunlarda uning tiklanishida progress kuzatilmoqda, hamda jamoa bilan belgilangan reja asosida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Hozircha u to‘liq dastur asosida mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi va o‘yinlarda esa ishtirok etmaydi».

«Yuqoridagilarni hisobga olgan holda shuni aytish lozimki Genrix terma jamoa yig‘iniga chaqirilishi orqali tiklanish jarayonini to‘liq yakunlay olmasligi mumkin». 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.