Янгиликлар /

Mourino shogirdlari 2 ochkodan mahrum bo‘lishdi

Мақола нашр қилинди

Angliya chempionatining 7-turi doirasida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Stok Siti»ni qabul qildi. Mourino shogirdlari turnir autsayderiga qarshi o‘yinda muhim 2 ochkodan mahrum bo‘lishdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar raqib darvozasi tomon jiddiy bosim uyushtirishdi, ammo mehmonlar posboni Li Grant yaxshi harakat qilib, darvozaning ishg‘ol qilinishiga yo‘l qo‘ymadi. Ayniqsa, 2-daqiqada Pogbaning jarima maydonchasiga bergan ajoyib uzatmasidan keyin Zlatan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va 7-8 metrdan zarba yo‘lladi. «Stok» posboni zarbani qaytardi. Tanaffusga qadar Pogba va Lingard juda qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Mourino birdaniga ikkita o‘zgarishga qo‘l urdi va bu o‘z samarasini berdi. Mezbonlarning hujumi paytida to‘p Marsialga futbolchiga keldi va u 13 metrlardan olis burchakni aniq nishonga oldi.

O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida «Stok»ning kam sonli hujumlaridan biri samara berdi. Mehmonlar futbolchisi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. De Xea to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va yon tomonga ketgan to‘pga birinchi bo‘lib Arnautovich yetib keldi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p Davidga tegib, undan o‘tdi va to‘singa tegib qaytdi. Jo Allen bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yin tugashiga 1 daqiqa qolganida mankunianliklar g‘alabani ilib ketishlari mumkin edi, ammo ularga omad kulib boqmadi. Reshford o‘ng qanotdan uzatma berdi. Pogbaning bosh bilan zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi.

Shu tariqa, «MYu» o‘z uyida g‘alaba qozona olmadi. «Stok Siti» esa uchinchi ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.