Янгиликлар /

Errera: Bu futbol

Мақола нашр қилинди

Ander Errera «Stok Siti» bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz ishona olmayapmiz, nega g‘alaba qozona olmaganimizga. O’ylashimcha, ushbu uchrashuvda biz «Lester» ga qarshi kechgan uchrashuvdan ham yaxshiroq o‘yin namoyish qildik, va raqib darvozasi oldida 10 yoki 11 xafvli vaziyat yaratdik. Raqib darvozaboni eng yaxshi o‘yinini namoyish qildi, buni barcha bir ovozdan tan oldi. Men o‘ylashimcha bizning muhlislar jamoadan faxrlanishadi,  chunki biz g‘alaba qozonish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qildik ».

«Bu futbol. Men ishonaman, kim yaxshi o‘yin namoyish qilsa, unda g‘alaba qozonish uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Biz shunday o‘yin bilan bemalol 6:0 va 7:0 hisobida g‘alab qozonishimiz mumkin edi».

«Agar biz ikkinchi golni ham kiritganimizda, o‘yindagi intrigani yo‘q qila olgan bo‘lardik, lekin biz buni uddalay olmadik. Shunday so‘ng kutilmagan vaziyat sodir bo‘ldi. Bu zarba David uchun murakkab edi. Uoltersga qarshi uch futbolchi tashlandi lekin barchasi befoyda ketdi. Bu biz uchun omadsiz bo‘ldi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.