Янгиликлар /

Depay: Men o‘ynashni hohlayman

Мақола нашр қилинди

Memfis Depay agar zahira o‘rindig‘ida qoladigan bo‘lsa «Manchester Yunayted» ni tark etishi mumkinligini aytib o‘tdi.

22 yoshli futbolchi «Old Trafford» ga 2015 yozida kelib qo‘shilgan edi, bir necha muvaffaqiyasiz o‘yinlardan so‘ng u zahira o‘rindig‘ida qolib ketayotgan edi.

«Zahira o‘rindig‘idagi joy men uchun emas. Men bunday darajadagi futbolchi emasman. Bu mening orzuimdagi jamoa, lekin men o‘ynashni hohlayman».

Depay shuningdek Joze Mourinyu jamoani yuqori bosqichga olib chiqishi borasida ham aytib o‘tdi.

«Mashg‘ulotlar ajoyib tarzda o‘tmoqda, men sog‘ salomatman va yaxshi jimoniy holatdaman, buni boshqa futbolchilarga nisbatan ham aytish mumkin. Jamoa yuqori daraja tomon odimlamoqda, xuddi Mourinyu –top-darajada bo‘lgani kabi. Joze menga ishonishini o‘zimga ham va pressalar orqali ham aytib o‘tgan».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.