Янгиликлар /

Mourino Marsyalga yordam bermoqda

Мақола нашр қилинди

The Telegraph nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabi hujumchi Antoni Marsyalning hozirgi jismoniy holatidan xavotirda.

Marsyal o‘tgan mavsumda jamoaning eng yaxshi futbolchilari dan biri bo‘lgan va u Van Gaal qo‘l ostida 49 ta o‘yinda 17 ta gol urishga erishgan. Ushbu mavsumda esa Antoni o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmayapti. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino, futbolchining ruhiy holatiga turmush o‘rtog‘i Samanta va qizi Peyton bilan ajrashgani qattiq ta’sir o‘tkazgan deya hisoblamoqda.

So‘ngi vaqtlarda Joze Mourino Marsyal bilan ko‘proq muloqatda bo‘lib uning ruxiy holatini yaxshilashda va avvalgi darjada xarakatlanishiga yordam bermoqda.

Shuningdek Joze futbolchini «Stok Siti» darvozasiga kiritgan golini yuqori baholadi va bu gol uning avvalgi jismoniy holatini qaytishiga yordam berishini aytib o‘tgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.