Янгиликлар /

Darmian qishda jamoani tark etadi-mi?

Мақола нашр қилинди

«Inter» jamoasi rahbariyati «Manchester Yunayted» himoyachisi Matteo Darmian bilan jiddiy tarzda qiziqmoqda. Bu haqida Tuttosport nashri xabar tarqatdi.

Manbada aytilishicha, milanlik jamoa vakili himoyachi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Angliyaga yo‘l olgan.

«Neradzurrilar» qishda 26 yoshli italiyalik futbolchini sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchilar.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinchi 2015 yilning yozida «MYu» safiga kelib qo‘shilgandi, ammo Joze Mourino qo‘l ostida joriy mavsumda Angliya chempionatining bironta o‘yinida maydonga tushmadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.