Янгиликлар /

Mourino: Qattiq xafa bo‘laman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasi hamda «Liverpul» muxlislarini oldindagi uchrashuv vaqtida «Hillsboro» va Myunxen fojialariga oid haqoratli hayqiriqlar aytmaslikka chaqirdi.

«Futbolda, agar shunday deb atash mumkin bo‘lsa, futbol fojialari ro‘y berib turadi. Bu — muhim o‘yindagi mag‘lubiyat, o‘yinchining xatosi. Qaysidir ma’noda buning ustidan kulish mumkin.

Lekin insoniy fojia — bu juda og‘ir va dahshatlidir. O‘ylaymanki, bu muxlislar o‘z hayqiriqlarida buni tilga olgan oxirgi holat edi. Chunki bu haqiqatdan katta fojia bo‘ladi.

Oldimizda turgan o‘yinda shunga o‘xshash holatni kuzatsam, qattiq xafa bo‘laman», degan Mourino.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted» ishqibozlari «Liverpul» bilan o‘yinda «Hillsboro» stadionida yuz bergan fojiada mersisaydlik muxlislarning o‘limini eslatishgan, «Liverpul» muxlislari esa ularga javoban «MYu» asosiy tarkibi bo‘lgan samolyotning portlab ketishi bilan bog‘liq Myunxen fojiasi haqida aytishgandi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.

    Заполняя данную форму, вы принимаете условия Соглашения об использовании сайта, в том числе в части обработки и использования персональных данных